KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

FRANSIS HODJSON BERNETTNING “SIRLI BOG” ASARIDAGI MERI LENNOKS OBRAZINING PSIXOLOGIK TASVIRI

Authors: Adilova Fotimaxon Muxamad Anasovna

Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1

Frensis Xojson Bernetning 1911-yilda yozilgan “Sirli bogʻ”

asarining bosh qahramoni Meri Lennoks ushbu maqolaning

psixologik tahlil mavzusidir. Maqolada uning hissiy befarqlikdan

empatiya va oʻzini anglashga oʻtish jarayoniga alohida tahlil etilgan.

Shuningdek, maqolada Edvard davri bolalar adabiyotida Bernett

asarlarining psixologik jihati yetarlicha baholanmaganligi, koʻpincha

axloqiy taʼlim shaxsiy tajribadan ustun qoʻyilganligi masalasi

koʻtariladi. Tadqiqotning maqsadi Bernetning shaxsiyat oʻsishini

tasvirlaydigan ijodiy jarayonlarni aniqlash hamda Meri psixologik

taraqqiyotini dastlabki adabiy psixologizmning namunasi sifatida

oʻrganishdan iborat. Tadqiqot vazifalari orasida Merining hissiy

rivojlanish bosqichlarini aniqlash, bogʻning ramziy maʼnosini tahlil

qilish, shuningdek, oʻzlikni anglash vositasi sifatida xarakter, joy va

tabiatning oʻzaro taʼsirini oʻrganish kabilar oʻrin olgan. Asosiy

yondashuv sifatida germenevtik yondashuv va kontekstual tahlil

qoʻllaniladi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, Bernet bolaning rivojlanishi

ham axloqiy, ham psixologik qayta tugʻilish sifatida tasvirlaydi,

bunda Merining ichki oʻzgarishini fazoviy metaforalar, tabiiy

obrazlar va oʻzaro munosabatlar orqali namoyon etadi. Yakunida,

“Sirli bogʻ“ bolalar adabiyotida Edvard davrining axloqiy ideallarini

ilgʻor psixologik voqelik bilan uygʻunlashtirish orqali hissiy

bardoshlilik, hamdardlik va ichki oʻzlikni anglashning abadiy

namunasini sifatida asoslanadi.