INGLIZ VA O‘ZBEK KOMEDIYALARIDA LAQABLARNING BADIIY- KOMEDIYAVIY FUNKSIYALARI
Authors: Absamadov Bahodir Urozovich
Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek komediyalarida laqablarning
badiiy-komediyaviy funksiyalari qiyosiy jihatdan tahlil qilingan.
Asosiy e’tibor laqablarning obraz yaratishdagi roli, hajviy istehzoni
yuzaga keltirishdagi ahamiyati va kulgi vositasi sifatidagi
funksiyalariga qaratilgan. Tadqiqot qiyosiy-adabiy, lingvopoetik va
semantik-pragmatik tahlillarga asoslanadi. Tadqiqot materiali
sifatida ingliz komediyalaridan U. Shekspir, G. Choser, R. B.
Sheridan, O. Uayld, G. B. Shou asarlari, shuningdek, o‘zbek
adabiyotidan Hamza Hakimzoda, Abdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom,
Abdulla Qahhor, Sharof Boshbekov komediyalari o‘rganildi.
Tadqiqotda laqablar komediyada oddiy nomlash vositasidan
tashqari, personaj xarakterini ochish, ijtimoiy tanqid va satira uchun
samarali vosita ekanligi ochiqlandi. Xususan, ingliz komediyalarida
laqablar ijtimoiy tiplarni kinoya bilan fosh etish va personajning
ichki mohiyatini tezkor ifodalashga xizmat qilsa, o‘zbek
komediyalarida ular xalqona nutq va milliy hajv ruhida, kulgi orqali
axloqiy xulosa chiqarishga yo‘naltirilgani aniqlangan. Shuningdek,
ingliz va o‘zbek komediya an’analarida laqablarning umumiy
hamda o‘ziga xos jihatlarini yoritib, komediya janrida nominatsiya
masalasini chuqurroq anglashga yordam beradi.