KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

TURISTIK DISKURSDA LEKSIKA, KOMMUNIKATSIYA VA PRAGMATIKANING OʻZARO MUNOSABATI

Authors: Abduxalilova Gulbaxor Karabayevna

Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1

Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning dolzarb yoʻnalishlaridan

biri boʻlgan turistik diskurs lingvopragmatik yondashuv asosida tahlil

qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi turistik matnlarda qoʻllaniladigan

leksik vositalar, kommunikativ strategiyalar va pragmatik funksiyalarning

oʻzaro uzviy bogʻliqligini aniqlashdan iborat. Maqolada turistik

diskursning janr xususiyatlari, leksik qatlamlari hamda baholash,

terminologik, metaforik va obrazli birliklarning adresatga taʼsir

koʻrsatishdagi funksional roli yoritiladi. Shuningdek, idealizatsiya,

ekzotiklashtirish, milliylashtirish strategiyalarning turistik

kommunikatsiyadagi pragmatik ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli

texnologiyalar taraqqiyoti sharoitida turistik diskursning multimodal va

interaktiv xususiyatlari, virtual platformalarda shakllanayotgan yangi

kommunikativ modellar alohida koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijalari turistik

diskursda leksik tanlovning kommunikativ niyat va pragmatik maqsadlarga

boʻysunishini koʻrsatadi hamda turizm sohasi uchun moʻljallangan

matnlarni tahlil qilish, tarjima qilish va yaratishda nazariy hamda amaliy

ahamiyat kasb etadi. Turistik diskursda turli darajadagi ixtisoslashuv

leksikasi qoʻllaniladi. Professional terminlar (transfer, check-in, voucher,

all-inclusive, overbooking, charter) bilan bir qatorda, umumiy

qoʻllanishdagi soʻzlar ham faol ishlatiladigan bu leksik stratifikatsiya

diskursning koʻp qatlamli tabiati bilan bogʻliq masalalar muhokama

qilinadi.