KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

LIRIK DISKURSNING KONSEPTUAL TUZILISHI VA BADIIY-ESTETIK INTERPRETATSIYASI

Authors: Ortiqov Eldor Mardonovich

Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1

Mazkur maqolada sheʼriy nutqning lingvopoetik, kognitiv va

madaniy qatlamlari zamonaviy tilshunoslikning ustuvor yoʻnalishi

boʻlgan antroposentrik paradigma asosida kompleks tahlil qilinadi.

Tadqiqotning maqsadi sheʼriy matnni inson tafakkuri, til tizimi va

ijtimoiy–madaniy kontekstning uzviy birlashuvi natijasida yuzaga

keladigan murakkab diskursiv hodisa sifatida talqin qilishdan iborat.

Maqolada sheʼriy nutqning oʻziga xos xususiyatlari faqatgina badiiy

tasvir vositalari nuqtayi nazaridan emas, balki subyektning

(muallifning) dunyoni kognitiv idrok etishi va uni lirik nutq obyektiga

aylantirishi jarayoni sifatida oʻrganilgan. Tadqiqot davomida sheʼriy

diskursning shakllanishida lingvistik va ekstralingvistik omillarning

oʻrni, lirik “men”ning kommunikativ strategiyalari hamda matnning

estetik taʼsir kuchi ilmiy asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada

sheʼriyatda konseptual metoforalarning shakllanishi va ularning

milliy–madaniy mentalitet bilan bogʻliqligi masalalariga alohida

eʼtibor qaratilgan. Sheʼriy nutqni inson omili bilan bogʻliq holda

tahlil qilish bilan birga, matnning lisoniy qurilishi ortida turgan

kognitiv tuzilmalarni ochib berishga harakat qilinadi. Tadqiqot

natijalari kognitiv tilshunoslik, lingvopoetika va diskurs tahlili

yoʻnalishidagi nazariy qarashlarni boyitishga xizmat qiladi hamda

adabiy matnlarni antroposentrik jihatdan tadqiq etuvchi mutaxassislar

uchun muhim manba boʻlib hisoblanadi.