KAZUO ISHIGURO VA UILLIAM GOLDING ROMANLARIDA IJTIMOIY MASALALARNING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI
Authors: Rahimova Dilfuza Masharip qizi
Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1
Ushbu maqolada ingliz adabiyotining yirik namoyandalari
Kazuo Ishiguro va Uilyam Golding romanlarida ijtimoiy
masalalarning badiiy inʼikosi qiyosiy-tipologik tamoyillar asosida
tadqiq etiladi. Tadqiqotning markaziy obyekti sifatida mualliflarning
“Meni qoʻyib yuborma”, “Kun qoldiqlari”, “Pashshalar hukmdori”
hamda “Minora” asarlari tanlab olingan boʻlib, ularda inson tabiati,
ijtimoiy iyerarxiya, xotira va identitet muammolari tahlil qilingan.
Kazuo Ishiguro ijodida ijtimoiy masalalar asosan personajlarning
ichki psixologik kechinmalari, nostalgiya va oʻtmishni qayta anglash
jarayonlari orqali yoritilsa, Uilyam Golding asarlarida sivilizatsiya va
yovvoyilik oʻrtasidagi ziddiyat, jamiyatning parchalanishi va inson
ongidagi ibtidoiy instinktlarning ustun kelishi dramatik voqealar
hamda ramziy obrazlar yordamida ochib beriladi. Tadqiqotda
qiyosiy-tarixiy va psixologik metodlar yordamida har ikki
yozuvchining jamiyatdagi axloqiy inqirozlar hamda shaxsiy
masʼuliyat tushunchasiga yondashuvidagi oʻziga xos jihatlarni
aniqlanadi. Tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, Ishiguro ijtimoiy
bosimning shaxs erkinligiga taʼsirini Stivens kabi obrazlar misolida
koʻrsatib bersa, Golding ijtimoiy nazorat sustlashgan sharoitda inson
tabiatidagi yovuzlikning namoyon boʻlishini jamoaviy harakatlar
orqali tasvirlaydi. Xulosa oʻrnida, mazkur adiblarning asarlari
zamonaviy jamiyatdagi dolzarb muammolarni badiiy talqin etishda
hamda insoniyatning axloqiy tanlovlarini tushunishda muhim manba
boʻlib xizmat qilishi asoslanadi.