KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

BOLALAR ADABIYOTIDA BADIIY PSIXOLOGIZM VA JANR OʻZIGA XOSLIGI

Authors: Rasulmuxamedova Dilfuza Zokirovna

Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1

Mazkur maqola bolalar adabiyotining nazariy-poetik asoslari va

undagi badiiy psixologizm masalalarini tadqiq etishga bagʻishlangan.

Bolalar adabiyoti pedagogika, psixologiya va adabiyotshunoslik

fanlari tutashgan nuqtada rivojlanuvchi oʻziga xos badiiy tizim sifatida

tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida bolalar asarlariga xos boʻlgan

didaktik mazmunning badiiy shaklga koʻchishi, syujet qurilishidagi

dinamika va obrazlar tizimidagi psixologik haqqoniylik tamoyillari

ochib berilgan. Shuningdek, maqolada jahon va milliy

adabiyotshunoslikdagi nazariy qarashlar umumlashtirilib, badiiy

psixologizmning yosh kitobxon estetik didi va maʼnaviy

dunyoqarashini shakllantirishdagi funksional xususiyatlari ilmiy

asoslab beriladi. Maqolada estetik tamoyil va badiiylik mezonlari

muhim nazariy tushuncha sifatida koʻrib chiqilib, bolalar adabiyotida

estetik taʼsir oʻquvchining yosh xususiyatlariga mos, sodda va ravon,

shu bilan birga badiiy jihatdan yuksak tasvir vositalari orqali

taʼminlanishi zarurligi asoslanadi. Gʻarb adabiyotshunosligida keng

qoʻllaniladigan “double address” tamoyili tahlil qilinib, bolalar uchun

moʻljallangan matnlarning bir vaqtning oʻzida ham bola, ham kattalar

auditoriyasiga turli darajadagi maʼno qatlamlarini taqdim etishi ochib

beriladi.