F.D. CHESTERFILDNING “OʻGʻLIMGA MAKTUBLAR” ASARIDA GUMANISTIK TAMOYILLAR VA SHAXS KAMOLATI MASALALARI
Authors: Raximova Dilnoza Masharipovna
Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1
Ushbu maqolada XVIII asr ingliz adabiyotining yirik vakili
Filipp Dormer Stenxop Chesterfildning jahon epistolyar merosida
alohida oʻrin tutuvchi “Oʻgʻlimga maktublar” asari gumanistik
gʻoyalar prizmasi orqali tadqiq etilgan. Tadqiqotda muallifning oʻz
oʻgʻli Filipp Stenxopga yoʻllagan maktublarida aks etgan
insonparvarlik, maʼrifatparvarlik va axloqiy komillik tamoyillari
tahlil qilinadi. Maqolada Chesterfildning gumanistik qarashlari
shunchaki nazariy xulosa emas, balki shaxsning jamiyatda munosib
oʻrin egallashi, odob–axloq normalarini egallashi va intellektual
salohiyatini oshirishi bilan bogʻliq amaliy falsafa sifatida baholanadi.
Maqolada asarning pedagogik va maʼrifiy ahamiyati ochib
berilar ekan, undagi “ideal jentlmen” tushunchasining insoniy qadr–
qimmat va oʻzaro hurmatga asoslangan jihatlariga urgʻu beriladi.
Shuningdek, Chesterfild oʻgitlarining zamonaviy tarbiya tizimi va
shaxslararo muloqot madaniyatini shakllantirishdagi dolzarbligi
ilmiy asoslab berilgan. Olingan xulosalar asarning nafaqat adabiy–
tarixiy hujjat, balki inson shaxsiyatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan
gumanistik kontseptsiya ekanligini tasdiqlaydi. Xususan, Chesterfild
maktublarida insonning toʻgʻri va adolatli hayot kechirish, jamiyatda
odobli va masʼuliyatli shaxs boʻlish, shuningdek, bilim olish va
madaniy tajriba orttirish orqali shaxsni kamol topish muhimligi
taʼkidlanadi. Tadqiqot shuni ham koʻrsatadiki, muallif oʻgʻliga
yoʻllagan tavsiyalarida gumanistik qarashlarni, insoniy qadriyatlar va
tarbiyaviy tamoyillarni badiiy ifoda vositalari orqali yetkazadi, bu esa
asarning tarbiyaviy va maʼrifiy ahamiyatini yanada oshiradi.