REY BREDBERI VA AHMAD AʼZAM ASARLARIDA IJTIMOIY– SIYOSIY PROPAGANDA: QIYOSIY–TIPOLOGIK TADQIQ
Authors: Raxmatullayeva Xadicha Muxammad Zarif qizi
Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1
Ushbu maqolada Rey Bredberining “Farengeyt boʻyicha 451 daraja”
hamda Ahmad Aʼzamning “Roʻyo yoxud Gʻulistonga safar” asarlari
misolida totalitar jamiyatlarda propaganda mexanizmlarining ishlash
prinsiplari va ularning shaxs psixologiyasiga taʼsiri qiyosiy–tipologik
jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi antiutopik janr
doirasida axborot manipulyatsiyasi va ijtimoiy nazorat usullarining
Gʻarb va oʻzbek adabiyoti kontekstida parallel ravishda
oʻrganilayotgani bilan belgilanadi. Maqolada propaganda tushunchasi
shunchaki siyosiy institut emas, balki jamiyatning intellektual
salohiyatini pasaytirish, tarixiy xotirani oʻchirish va shaxsni ommaviy
madaniyatning boshqariluvchi obyektiga aylantirish vositasi sifatida
tahlil qilingan. Har ikki asardagi kitob yoqish, axborot senzurası, vizual
ekranlar orqali amalga oshiriladigan manipulyatsiya hamda tilning
mafkuraviy qurolga aylanishi kabi lisoniy va estetik hodisalarni qiyosiy
oʻrganadi.
Tahlillar shuni koʻrsatadiki, Bredberi asarida texnologik taraqqiyot
orqali ongli ravishda tafakkurdan voz kechtirish tasvirlangan boʻlsa,
Ahmad Aʼzam ijodida bu jarayon majoziy obrazlar va totalitar
tuzumning oʻziga xos milliy–ijtimoiy koʻrinishlari orqali yoritiladi.
Maqolada antiutopik asarlardagi propaganda mexanizmlari insonning
tanqidiy tafakkurini soʻndirishga, muloqotning qadrsizlanishiga va
oqibatda maʼnaviy inqirozga olib kelishi ilmiy xulosalangan. Tadqiqot
natijalari zamonaviy komparativistika, adabiy sotsiologiya va diskurs
tahlili yoʻnalishlari uchun muhim nazariy manba boʻlib xizmat qiladi.