XURSHID DOʻSTMUHAMMADNING “OʻN SONIYA” HIKOYASINING BADIIY-ESTETIK TAHLILI
Authors: Ubaydullayeva Gulruh Gʻayratovna
Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1
Mazkur maqolada Xurshid Doʻstmuhammadning “Oʻn soniya”
hikoyasi zamonaviy adabiyotshunoslikning nazariy yondashuvlari
asosida badiiy-estetik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi
hikoyada vaqtning shiddati, shaxs ongining siqilgan makonda
namoyon boʻlishi va hayotiy tanlovlarning badiiy modellashtirilish
xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Maqolada muammo sifatida
zamonaviy nasrda vaqtning konsepsiyasi tezligi va inson ongining
ushbu jarayonga moslashuvi masalasi qoʻyildi. Tadqiqot
metodologiyasi rus, gʻarb va oʻzbek adabiyotshunoslik maktablari
ishlab chiqqan nazariy qarashlarga tayangan holda olib borildi.
Tadqiqot jarayonida falsafiy, psixologik va strukturaviy tahlil
metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijasida hikoya sport syujeti
doirasidan chiqib, inson umrining ontologik modeli sifatida talqin
qilinishi asoslab beriladi, hikoyadagi yuz odimli masofa va oʻn soniya
vaqt oraligʻi inson umrining ramziy modeli sifatida talqin qilindi.
Asarda sport syujeti orqali insonning ichki kechinmalari, axloqiy
tanlovi va maʼrifiy uygʻonishi yoritilgani aniqlandi. Hikoyaning ochiq
yakuni va ramziy tuzilishi oʻquvchini faol talqinga chorlovchi estetik
mexanizm sifatida baholash mumkin. Xulosa sifatida hikoya
zamonaviy oʻzbek nasrida shaxs, zamon va ong muammolarini
falsafiy-psixologik darajada yoritgan muhim badiiy hodisa ekanligi
ilmiy jihatdan asoslandi.