KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

TURLI TIL BIRLIKLARINING SUBSTANTIVLASHUVI

Authors: Jumayeva Feruza Ruzikulovna

Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1

Zamonaviy rus tilida bir til birligi – so‘z, uning shakli yoki

butun bir tuzilma – boshqasiga xos bo‘lgan vazifada qo‘llanilishi

keng tarqalgan holat. So‘z turkumlari transpozitsiyasi nafaqat ma’no

jihatdan qayta tushunishni, balki dastlabki birlikning grammatik

xususiyatlarini o‘zgartirishni ham o‘z ichiga oladi. Bu esa

pirovardida uning boshqa leksik-grammatik toifaga o‘tishiga olib

keladi. Maqolada transpozitsiyaning bir turi – rus va o‘zbek tillarida

otlashish jarayoni, xususan, mustaqil hamda yordamchi so‘z

turkumlarining ot turkumiga o‘tishi tahlil qilinadi.

Chog‘ishtirilayotgan tillarda sifatlar va sifatdoshlar eng faol

otlashishi, olmoshlar va sonlar esa ot turkumiga nisbatan kamroq

o‘tishi aniqlangan. Otlashish natijasida so‘zlar o‘zining ma’noviy,

morfologik va sintaktik xususiyatlarini o‘zgartiradi, funksional

o‘zgarishlarga uchraydi.

Shuningdek, maqolada otlashish hodisalarini keltirib

chiqaruvchi lisoniy omillar o‘rganilib, rus va o‘zbek tillarida turli

so‘z turkumlari so‘zlarining otlashish usullari tadqiq etilgan.

Otlashish hodisasini qiyoslanayotgan tillarning barcha nutq

uslublarida kuzatish mumkin, shu bois ushbu tadqiqotda otlashgan

so‘zlar keng qo‘llanilgan badiiy asarlar va gazeta maqolalaridan

misollar keltirilgan. O‘tkazilgan tadqiqot chog‘ishtirma tilshunoslik

muammolari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun manfaatli

bo‘lishi mumkin.