KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

GLOBALIZMLARNING RUS VA O‘ZBEK TILLARI LEKSIK TIZIMIDAGI O‘RNI VA RIVOJLANISH DINAMIKASI

Authors: Narzullayeva Maftuna Odilbek qizi

Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1

Maqolada globallashuv sharoitida shakllanayotgan eng faol leksik

qatlamlardan biri globalizmlarning rus va o‘zbek tillari leksik

tizimidagi o‘rni va rivojlanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot

obyekti sifatida ingliz tilidan kirib kelgan o‘zlashma birliklarning

diaxron va sinxron jihatdagi taraqqiyoti, ularning fonetik-fonologik,

morfologik hamda semantik moslashish mexanizmlari tanlangan.

Tadqiqotda globalizmlarning har ikki til tizimiga

integratsiyalashuvi nafaqat nominativ ehtiyojlar bilan, balki ijtimoiy-

madaniy, pragmatik va diskursiv omillar bilan ham chambarchas

bog‘liq ekani asoslab beriladi. Qiyosiy tahlil rus tilida

globalizmlarning yuqori darajada normativlashgani va umumtil

qatlamiga faol kirib borayotganini, o‘zbek tilida esa ularning asosan

terminologik sohada mustahkamlanib, milliy ekvivalentlar bilan

raqobatda rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Maqola natijalari chog‘ishtirma leksikologiya, sotsiolingvistika

va neologiya sohalari uchun muhim nazariy ahamiyatga ega bo‘lib,

globallashuv sharoitida til me’yorlari va leksik tizim dinamikasini

tadqiq etishda foydalanish mumkin.