LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK VA MADANIYATLARARO MULOQOT LINGVODIDAKTIKA ASOSI SIFATIDA
Authors: Ergashev Ilxom Yuldashevich
Published: Mart 05, 2026 • Vol. 15 Issue 9 • Views: 1
Mazkur maqola til o‘qitish metodikasining yangi yo‘nalishi
sifatida kross-madaniy lingvodidaktikaning nazariy va
metodologik asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Til
ta’limining kross-madaniy paradigmasini shakllantirish uchun
metodologik asos bo‘lib xizmat qiluvchi
lingvomadaniyatshunoslik va madaniyatlararo muloqot
nazariyasining konseptual qoidalari tahlil qilinadi.
Madaniyatlararo muloqot nazariyasining asoschilaridan, E. Xoll,
G. Xofstede, F. Trompenarlarning asosiy g‘oyalari, shuningdek
E.M. Vereshchagin, V.G. Kostomarov, I.I. Xaleyeva, Yu.N.
Karaulov kabi rus olimlarining lingvomadaniyatshunoslik va
ikkilamchi lisoniy shaxs konsepsiyasini rivojlantirishdagi hissasi
ko‘rib chiqiladi.
Maqolada kross-madaniylik lingvistik, madaniy va
lingvodidaktik jihatlarni integratsiyalovchi fanlararo tushuncha
ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqot metodologiyasi tilning
tizimliligi, fanlararo yondashuv va tilning madaniy
shartlanganligi tamoyillariga asoslanadi. Ko‘p millatli lingvistik
va madaniy makonda kross-madaniy tamoyillarning amaliy
tatbiqi sifatida kross-madaniy lingvodidaktikaga alohida e’tibor
qaratiladi. Zamonaviy ko‘p madaniyatli dunyoda samarali
madaniyatlararo muloqotni ta’minlashning zarur sharti sifatida
kross-madaniy kompetensiyani shakllantirish muhim ekanligi
aniqlanadi. Tadqiqot natijalari ona tili va xorijiy tillarni o‘qitish
amaliyotida, shuningdek til ta’limi tizimi uchun o‘quv rejalari va
metodik materiallarni ishlab chiqishda qo‘llanishi mumkin.