INNOVATSION TAʼLIM SHAROITIDA BOʻLAJAK INGLIZ TILI OʻQITUVCHILARINING LEKSIK KOʻNIKMALARINI RIVOJLANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Authors: Ochilova Nilufar Nomazovna
Published: Mart 05, 2026 • Vol. 16 Issue 9 • Views: 1
Ushbu maqolada zamonaviy innovatsion taʼlim muhitida boʻlajak
ingliz tili oʻqituvchilarining leksik koʻnikmalarini shakllantirish va
rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari atroflicha tahlil
qilingan. Til va tafakkur oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni taʼkidlab, leksik
koʻnikmani nafaqat soʻz tanlash va qoʻllash jarayoni, balki kognitiv va
nutqiy faoliyatning ajralmas qismi sifatida talqin etiladi. Maqolada
ekspressiv (mahsuldor) va reseptiv (idrok etuvchi) leksik
koʻnikmalarning farqli xususiyatlari, ularning nutqiy muloqotdagi
oʻrni ilmiy asoslab berilgan. Shuningdek, leksik koʻnikmaning
avtomatlashganlik, barqarorlik va moslashuvchanlik kabi fundamental
xususiyatlari tahlil qilinib, ularning dars jarayonidagi ahamiyati
koʻrsatilgan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
interaktiv metodlar yordamida boʻlajak oʻqituvchilarning lugʻat
boyligini oshirish, leksik kompetensiyasini mustahkamlashning
samarali yoʻllari yoritilgan. Oʻrganilayotgan til va ona tili oʻrtasidagi
salbiy taʼsirlarni (interferensiya) yengib oʻtish hamda kuchli xorijiy til
koʻnikmalarini yaratish shartlari koʻrsatib oʻtilgan. Leksik
koʻnikmalarni shakllantirishning yoʻnaltiruvchi-tayyorgarlik,
stereotiplashtirish-vaziyatli va oʻzgaruvchan vaziyatli bosqichlari
ilmiy izchillikda ochib berilgan Maqola filologiya yoʻnalishidagi
talabalar, magistrantlar va amaliyotchi oʻqituvchilar uchun
moʻljallangan boʻlib, u dars jarayonini mazmunli va qiziqarli tashkil
etish, pedagoglarning professional malakasini oshirishda muhim
manba boʻlib xizmat qiladi.