YUNUS OʻGʻUZNING “AMIR TЕMUR” ROMANIDA TARIXIY HAQIQAT TALQINI
Authors: Abbosov Xabibullo Abdullayevich
Published: Noyabr 28, 2025 • Vol. 13 Issue 8 • Views: 23
Maqolada taniqli Ozarbayjon adibi Yunus Oʻgʻuzning
“Yuksalish” va “Dunyoning hokimi” deb nomlangan ikki qismdan
iborat romanida oʻrta asrlarda jahon tarixida kechgan olamshumul
voqealarning badiiy talqini atroflicha tahlil etiladi. Asarda
Sohibqiron Amir Temur shaxsiyatining diplomat, harbiy strateg va
adolatli davlat arbobi sifatidagi qiyofasi oʻziga xos tarzda
yoritilgan. Muallif Temur yurishlaridagi diplomatik muloqotlar,
harbiy taktik hiylalar, shahar va mudofaa inshootlari qurilishi,
elchilar faoliyati, yozishmalar va tarixiy voqealarni turli hikoyalar,
voqeiy lavhalar, sahnaviy epizodlar orqali tasvirlaydi. Muallif
Temur obrazini yaratishda uning faqat harbiy yutuqlarini emas,
balki madaniy merosga boʻlgan eʼtibori, ilm-fan va maʼnaviyat
taraqqiyotiga qoʻshgan hissasini ham koʻrsatishga alohida ahamiyat
qaratgan. Shuningdek, romanda keltirilgan maʼlumotlar oʻrta asr
tarixchilari va tarixiy manbalar - temurnomalar, turli
“Zafarnoma”lar hamda yozma xotiralar asosida badiiylashtirilgani
qayd etiladi. Asar nafaqat Temur davri voqealarini, balki oʻrta asr
diplomatiyasi, harbiy-siyosiy munosabatlar va madaniy hayotning
oʻziga xos jihatlarini ham yoritib berishi bilan ahamiyatlidir.
Maqolada qiyosiy-chogʻishtirma, biografik va
lingvosemantik tahlil metodlaridan foydalanilgan. Xulosalarda
keyingi davr turkiy tilli xalqlar adabiyotida Markaziy Osiyo
tarixida oʻtgan mashhur tarixiy shaxsiyatlar mavzusining chuqur
oʻrganilishi va soha olimlari oldida turgan vazifalar va takliflar
bayon etilgan.