POSTMODERNIZM TAMOYILLARI ASOSIDA “VASIY” VA “THE CHILD” HIKOYALARINING QIYOSIY TAHLILI
Authors: Achilova Gulhayo Ismoilovna
Published: Noyabr 28, 2025 • Vol. 23 Issue 8 • Views: 14
Maqolada Xurshid Doʻstmuhammadning “Vasiy” hamda
Ali Smitning “The Child” hikoyalari postmodernizm nazariyasi
asosida qiyosiy tahlil etilgan. Tadqiqotning maqsadi esa, oʻzbek
va ingliz hikoyachiligida postmodernistik tamoyillar qanday
shakllarda namoyon boʻlishini aniqlash, ularning umumiylik va
tafovutlarini koʻrsatishdan iborat. Maqolada postmodernizmning
asosiy nazariy manbalariga (Nitsshe, Haydegger, Derrida, Fuko,
Hutcheon, Makheyl, Nikol va boshqalar) tayangan holda, asarlar
tahlilini falsafiy, estetik va narratologik jihatdan asoslaydi.
Tadqiqotda qiyosiy-adabiy, postmodern nazariy va
diskursiv tahlil metodlari qoʻllanilib, intertekstuallik, metafiksiya,
fragmentatsiya, ishonchsiz roviy, ironik oʻyin va ong oqimi kabi
belgilar har ikki hikoyada tahlil qilinadi. “Vasiy” hikoyasida ayol
ruhiyatining ichki boʻlinishi, voqealarning uzluksiz emas,
boʻlaklangan tarzda berilishi va haqiqatning subyektiv talqini
postmodernistik badiiyatni shakllantiradi. Hikoya ishonchsiz
narratsiya, metafiksion noaniqlik va ong oqimi orqali onaning
ruhiy inqirozi hamda onalik mehrining metaforik qudratini ochib
beradi. Ali Smitning “The Child” hikoyasida esa gʻayritabiiy
holatda supermarket aravasida kutilmaganda paydo boʻlgan
gapiruvchi chaqaloq orqali zamonaviy jamiyatdagi gender,
madaniy va ijtimoiy stereotiplar tanqid qilinadi. Hikoya absurdlik,
ironik oʻyin, ishonchsiz roviy va ochiq yakun tamoyillari orqali
oʻquvchini haqiqat va xayol chegarasini oʻzi anglashga undaydi.
Bola obrazi jamiyatdagi axloqiy qarama-qarshiliklarning ramziga
aylanadi.