KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

INGLIZ TILIDAGI QISQARTMALARNING ETNOLINGVOKULTUROLOGIK JIHATLARI

Authors: Ibragimova Gulchexra Madaminjanovna

Published: Noyabr 28, 2025 • Vol. 11 Issue 8 • Views: 17

Maqolada ingliz tilidagi qisqartmalarining

etnomadaniy jihatdan a) milliy siyosiy model, b) diniy va

axloqiy qadriyatlar, d) milliy qadriyatlar va turmush tarzi, e)

professional identitet va ijtimoiy maqomni aks ettirishi

masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ingliz

tilidagi qisqartmalarning etnolingvokulturologik

xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Muammo sifatida esa

ingliz tilida abbreviaturalarning sohalarida keng qoʻllanilishi,

ularning etnomadaniy va etnolingvistik jihati muhokama

qilinadi. Metodologik asos sifatida madaniy, lingvistik

tavsiflash yondashuvlar qoʻllaniladi. Madaniy tahlil uchun I.

Darvishovning “Etnolingvistika” nomli oʻquv qoʻllanmasi,

G. A. Botirbekova, S. B. Sharipovalarning “Tilshunoslikda

etnolingvistika va lingvokulturologiya” nomli maqolasi, M.

Z. Solijonovning “Ingliz va oʻzbek tillaridagi rivoyatlar

konseptual maydonining lingvokulturologik tadqiqi” nomli

tadqiqoti tanlangan. Tahlil natijasida aniqlanishicha, ingliz

tilidagi qisqartmalar nafaqat lingvistik birliklar, balki

madaniyat, jamiyat va texnologiyaning oʻzaro taʼsiri

mahsulidir. Ular orqali insonlar oʻz fikrlarini qisqa, ravon va

zamonaviy shaklda yetkazadilar. Xulosa oʻrnida,

qisqartmalarni oʻrganish tilshunoslik bilan birga

madaniyatshunoslik, dinshunoslik va sotsiologiya fanlari

uchun dolzarbdir.