KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

ROBOTOTEXNIKA SOHASIGA OID TERMINLARNING DIAXRON TADQIQI

Authors: Rasulova Gulmira Xursanbek qizi, Nasirdinov Baxodir Abdullajon oʻgʻli

Published: Noyabr 28, 2025 • Vol. 12 Issue 8 • Views: 16

Ushbu maqolada robototexnika sohasidagi terminlarning tarixiy

shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va ularning ingliz, rus hamda oʻzbek

tillaridagi oʻzgarish jarayonlarini ilmiy asosda tahlil qilinadi. Maqolada

robototexnika terminlarining tarixiy ildizlari, ularning fan va texnologiya

taraqqiyoti bilan bogʻliqligi, hamda sohaning jahon miqyosida kengayib

borishi yoritilgan. Tadqiqotda Karel Chapek, Norbert Wayner, Ayzek

Azimov kabi olimlarning asarlari asosida robototexnik terminlarning

paydo boʻlish davrlari - adabiy, ilmiy-texnik, texnologik va intellektual

bosqichlarda oʻrganilgan. Tadqiqotning asosiy vazifalari terminlarning

manbalarini aniqlash, ularning semantik oʻzgarishlarini, xalqaro

muomuladagi oʻrnini hamda oʻzbek tiliga kirib kelish mexanizmlarini

diaxronik asosda oʻrganishdan iborat. Maqolada muammo sifatida oʻzbek

tilida robototexnika atamalarining yetarlicha standartlashtirilmaganligi,

terminlar oʻzlashuvida izchillik va normativ meʼyorlarning yetishmasligi

koʻrsatib oʻtilgan. Metodologiya sifatida diaxron tahlil, qiyosiy-lingvistik

tahlil va manba tahlili usullari qoʻllanilgan boʻlib, ular orqali

terminlarning shakllanish jarayoni bosqichma-bosqich oʻrganilgan.

Natijalar shuni koʻrsatadiki, robototexnika terminlari asosan ingliz tilidan

olingan boʻlib, ularning semantik qamrovi va qoʻllanish doirasi jadal

kengaymoqda. Muhokamada ingliz tilining global ilmiy til sifatidagi

ustuvorligi, rus tili orqali oʻzlashuvning tarixiy ahamiyati yoritilgan.

Xulosa sifatida, oʻzbek tilida robototexnika terminlarini

standartlashtirish, milliy ilmiy terminologik bazani yaratish va lingvistik

moslikni taʼminlash zarurligi asoslab berilgan.