KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDAGI PSIXOLOGIYA LEKSIK BIRLIKLARINING SINTAKTIK MUNOSABATLARI TADQIQI

Authors: Raximova Gulchexra Zarifboy qizi

Published: Noyabr 28, 2025 • Vol. 13 Issue 8 • Views: 17

Muayyan soha leksik birliklarini tadqiq qilish tilshunoslikning

muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Shu borada, bunday leksik

birliklarning derivatsiya masalalarini tadqiq etish ham ayniqsa muhim

hisoblanadi. Psixologiya sohasi jahon miqyosida va mamlakatimizda ham

rivojlanib bormoqda. Har qanday soha rivojlanar ekan, oʻsha soha leksik

birliklari va terminlari ortib boradi. Bu esa oʻz navbatida ularni tartibga

solishni taqozo etadi. Maqola terminlarning yasalish usullaridan biri

boʻlgan sintaktik derivatsiya orqali ingliz va oʻzbek tillaridagi psixologiya

leksik birliklarini yasalishiga qaratilgan. Bunda ingliz va oʻzbek tillaridagi

psixologiya leksik birliklarini yasashdagi asosiy ikkita modeli: ot+ot va

sifat+ot modellari misollar orqali tadqiq etiladi. Ushbu modellar ichiga

kiruvchi bogʻlanish turlari ham misollar bilan tahlilga tortiladi. Ot+ot

modeli uch xil bogʻlanishda tahlilga tortilgan boʻlsa, sifat+ot modeli ikki xil

bogʻlanish usulida tahlilga tortilgan. Misollar orqali chogʻishtirilayotgan

tillardagi oʻxshashliklar va farqli jihatlar aniqlanadi. Tadqiqotni amalga

oshirish uchun komponent tahlil, distributiv tahlil, tipologik va statistik

tahlil metodlaridan foydalanilgan. Ushbu maqolaning asosiy maqsadi ingliz

va oʻzbek tillaridagi psixologiya sohasiga oid leksik birliklarning sintaktik

derivatsiyasini chogʻishtirma tadqiq qilishdan iborat. Ular oʻrtasidagi oʻziga

xos sintaktik munosabatlar aniqlanar ekan, tadqiq qilinayotgan tillardagi

leksik birliklar tasniflanishi va tartibga solinishiga katta hissa qoʻshiladi.