SHARQ VA GʻARB JAHON ADABIYOTIDA EPISTOLYAR JANR
Authors: Raximova Dilnoza Masharipovna
Published: Noyabr 28, 2025 • Vol. 9 Issue 8 • Views: 27
Ushbu maqolada Sharq va Gʻarb adabiyotida epistolyar
janrning tarixiy shakllanishi, estetik va ijtimoiy-falsafiy mazmuni
qiyosiy tahlil etilgan. Maqolada qadimiy Xitoy, Hindiston, Fors,
Yapon hamda Yevropa adabiyoti namunalari asosida maktub
shaklidagi asarlarning badiiy va maʼnaviy xususiyatlarini yoritadi.
Tadqiqotda tarixiy-tipologik, madaniy-komparativ va
manbashunoslik tahlil metodlari qoʻllanilgan. Sharq adabiyotida
epistolyar janrning axloqiy, sufiylik va maʼnaviy-ruhiy gʻoyalarni
ifoda etish vositasi sifatida shakllangani, Gʻarb adabiyotida esa u
shaxsiy tajriba va falsafiy tafakkurni ifodalovchi mustaqil badiiy janr
darajasiga koʻtarilgani koʻrsatib oʻtiladi. Xitoy adabiyotida Su Shi,
Fors adabiyotida Jaloliddin Rumiy, Yevropa adabiyotida Seneka,
Russo, Richardson, Gyote singari ijodkorlarning epistolyar merosi
misolida janrning koʻp qirrali tabiati yoritiladi. Bugungi raqamli
davrda ham epistolyar janrning oʻz ahamiyatini yoʻqotmaganini,
elektron xatlar, blog va onlayn yozishmalar shaklida yangi
zamonaviy koʻrinishlar kasb etayotganini taʼkidlanadi. Shuningdek,
maqolada epistolyar janrning til, uslub va estetik ifoda vositalaridagi
erkinlik, samimiylik hamda muallif shaxsiyatining toʻliq namoyon
boʻlishi kabi jihatlar ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida
epistolyar janr insoniyatning ruhiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotida
muhim oʻrin tutuvchi, adabiy jarayonning ajralmas qismi sifatida
eʼtirof etiladi.