MAKON VA ZAMON TUSHUNCHALARINING NAVOIY VA SHEKSPIR ASARLARIDAGI BADIIY INʼIKOSI
Authors: Tadjibayev Musajan Sabirovich, Maʼdiyeva Adiba Dovudovna
Published: Noyabr 26, 2025 • Vol. 12 Issue 8 • Views: 20
Ushbu maqola oʻzbek mumtoz adabiyotining buyuk vakili
Alisher Navoiy va ingliz adabiyotining dahosi Uilyam Shekspir
ijodida makon va zamon tushunchalarining badiiy-estetik talqinini
tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotda makon va zamon
kategoriyalarining falsafiy mohiyati, ularning badiiy tafakkurdagi
oʻrni hamda adabiy matnda vaqt va joyni ifodalovchi lingvopoetik
vositalar izchil oʻrganilgan.
Maqolada zamonning ontologik va estetik qirralarini – real
(taqvimiy) vaqt va badiiy (adabiy) vaqt shakllarini farqlab, Navoiy
va Shekspir asarlarida vaqt va makonning badiiy talqini orqali inson
taqdiri, ruhiy kechinma, jamiyat va tabiat oʻrtasidagi uygʻunlikni
yoritilgan. Navoiyda vaqt tushunchasi “umr”, “taqdir”, “davr” kabi
tushunchalar bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, u inson umrining
oʻtkinchiligi, maʼnaviy kamolot va ilohiy iroda bilan aloqada
tasvirlanadi. Shekspirda esa vaqt faol dramatik unsurga aylanadi –
u harakat, oʻzgarish va insoniy fojeaning bosh omiliga aylangan.
Maqolada zamonning til va madaniyatdagi ifodasi turli
darajalarda – leksik, grammatik, frazeologik va deyktik vositalar
orqali tahlil qilinadi. Ingliz tilida zamon kategoriyasining 12-16
shaklli tizimi hamda ularning oʻzbek tiliga tarjimadagi semantik
mosliklari, tarjimada vaqtning semantik noaniqligi muammosi ham
yoritilgan. Tadqiqot natijalari badiiy asar tahlilida zamon va makon
birliklarini faqat adabiy kategoriya emas, balki madaniy-falsafiy
paradigma sifatida oʻrganish zarurligini koʻrsatadi.