KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

MIKROMAKONNI IFODALASHDA BADIIY DETALNING ADABIY-ESTETIK VAZIFASI

Authors: Toʻrayeva Bahor Bahriddinovna, Yaxyayeva Nigina Ibragim qizi

Published: Noyabr 26, 2025 • Vol. 32 Issue 8 • Views: 21

Maqolada mikromakon tushunchasiga chuqurroq izoh berish, uni

ifodalashda badiiy detal turlarining bir-biri bilan uzviyligini tahlil qilish orqali

voqelikning badiiy tasvirini yaratishda ularning adabiy-estetik vazifasi

muhokama qilingan. Zamonaviy adabiyotshunoslikda tur va janridan qatʼi nazar

badiiy asar semantik maydonidagi badiiy makonning oʻrni va ahamiyatiga

eʼtibor berish – asar gʻoyasi va qahramonlari tabiatidagi hamda yozuvchi

falsafiy qarashlaridagi qudratli toʻlqinlarning asosini tashkil etadi. XX asr oxiri

va XXI asrdagi bu taxlit yondashuv dispozitsiyani kompozitsiyaga aylantirish,

anʼanaviy tarzda qahramonni muayyan makon va zamondagi voqealar

talotumlarida gavdalantirish, xarakterlarning tadrijiy dinamikasini

shakllantirish va bunga taʼsir etgan estetik omillarni yoritishda yangicha badiiy

tizimni yuzaga keltirdi. Zamon, makon va tafakkurning cheksiz hududlari

badiiy qamrovida adiblarning modernistik va postmodernistik anʼanalardan

mohirona foydalanishlari insoniyat tafakkurini oʻzgartirishga qodir asarlarning

yaralishiga sabab boʻldi. Maqolada portret, peyzaj, psixologik detallar orqali

qahramon ruhiy holati, ichki kechinmalariga, qolaversa, asar syujetiga taʼsiri

Heminguey va Aytmatov qissalari misolida tahlil qilingan. Shuningdek,

adabiyotshunoslar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda badiiy makon

haqidagi fikr va qarashlarga munosabat bildirilgan.

Tadqiqotning asosiy vazifalaridan biri – Ernest Heminguey va Chingiz

Aytmatov asarlarida peyzaj, portret va predmet detallari orqali mikromakonni

qay darajada ochib berilganini, ikki adibning ushbu detallardan foydalanishda

uslubidagi oʻxshash va farqli jihatlarni izohlashdan iborat. Ushbu maqolada

qiyosiy-tarixiy, psixologik va sistem-struktur tahlildan unumli foydalanilgan.