KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

OʻZBEK ADABIYOTIDA POSTKOLONIAL YONDASHUV, MARGINALIZM VA NEKROSIYOSAT FENOMENLARINING IFODALANISHI

Authors: Tursunboyeva Shohzoda Kenjaboy qizi

Published: Noyabr 26, 2025 • Vol. 13 Issue 8 • Views: 26

Ushbu maqolada oʻzbek adabiyotidagi postkolonial

yondashuv, marginalizm va nekropolitika hodisalarining

oʻzaro bogʻliqligi hamda ularning badiiy ifodasi tahlil

qilinadi. Milliy adabiy tafakkurda mustamlaka davrining

ijtimoiy-madaniy hayotga koʻrsatgan taʼsiri va oqibatlari aks

ettirilganligi koʻrsatib beriladi. Tadqiqotning metodologik

asosi sifatida Ashil Mbembe, Edvard Said, Homi Bhabha va

Gayatri Spivakning nazariy qarashlari tanlangan. Asarlar

tahlilida Sherzod Komil Xalil ijodi, xususan, “Oʻlim

labirinti”, “Biz yoʻq boʻlamiz”, “Soqov baliqlar” va “Odam

atoning soʻnggi avlodi” asarlari markaziy oʻrinni egallaydi.

Natijalar shuni koʻrsatadiki, bu asarlarda

mustamlakachilikning oqibatida yuzaga kelgan insonning

ijtimoiy izolyatsiyasi, “oʻzgachalik” tuygʻusi va oʻlim

siyosatiga mahkumligi badiiy tarzda ifodalangan. Muallif

global nekropolitika kontekstida shaxsiy va milliy

marginallikni ochib beradi. U sobiq mustamlaka hududlarda

etnik ozchilikni tashkil etgan va oʻlim oldida turli yoʻllar

bilan “izolyatsiya qilingan” xalqlar taqdirini yoritadi. Xulosa

qilib aytganda, postkolonializm, marginalizm va

nekropolitika tushunchalari bir-birini toʻldiruvchi nazariy

yoʻnalishlar boʻlib, ular oʻzbek adabiyotida shaxs va

hokimiyat, hayot va oʻlim, markaz va periferiya

munosabatlari tahliliga yangicha ilmiy yondashuvni ifoda

etadi.