KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

XX ASR BIRINCHI YARMI AQSH ADABIYOTIDA “JANUB RENESSANSI” FENOMENI: ADABIY MUHIT VA JARAYONLAR

Authors: Umrzaqov Islomjon Isroilovich

Published: Noyabr 26, 2025 • Vol. 12 Issue 8 • Views: 20

Ushbu maqolada XX asrning birinchi yarmida AQSH

janubiy mintaqasida yuzaga kelgan “Janub Renessansi” davrining

mohiyati, uning adabiy muhit va jarayonlari batafsil tahlil qilinadi.

Tadqiqotda “Janub Renessansi”ning paydo boʻlishiga sabab

boʻlgan tarixiy, ijtimoiy va siyosiy omillar oʻrganilib, janubiy

oʻlkalarning oʻziga xos madaniyati, anʼanalari hamda u yerda

yashovchi xalqning tajribalari qanday qilib adabiy jarayonlarga

taʼsir qilgani koʻrsatib beriladi. Maqolada janublik yozuvchilarning

ijodi va ularning asarlari, janubiy mintaqaning milliy va madaniy

identifikatsiyasini shakllantirishdagi roli, shuningdek, ularning

oʻsha davrdagi irqiy, ijtimoiy va madaniy stereotiplarga qarshi

chiqishi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, “Janub Renessansi”

davrining AQSH adabiy rivojlanishidagi oʻrni, uning milliy

madaniyat va regionalizmga qoʻshgan hissasi, shuningdek, ijtimoiy

oʻzgarishlar va tarixiy jarayonlar bilan bogʻliqligi haqida fikr

yuritiladi. Tadqiqotda adabiyot va mintaqaning siyosiy-iqtisodiy

sharoitlari oʻrtasidagi murakkab aloqalar, hamda bu harakatning

bugungi zamon Amerika adabiyotidagi oʻrniga urgʻu beriladi.

Shunday qilib, maqola “Janub Renessansi” fenomenining

adabiy va madaniy jarayonlar, shuningdek, Amerika janubining

tarixiy oʻziga xosliklari nuqtayi nazaridan chuqur tahlilini taqdim

etadi, shuningdek, uning zamonaviy Amerika adabiyotidagi

ahamiyatini yoritib beradi.