“MIDDLEMARCH” VA “ANNA KARENINA” ASARLARI QIYOSIY TAHLILI
Authors: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, Shahobova Sitora Baxromovna
Published: Noyabr 26, 2025 • Vol. 13 Issue 8 • Views: 22
Mazkur maqolada Lev Tolstoyning “Anna Karenina” hamda Jorj
Eliotning “Middlemarch” romanlari oʻzaro qiyosiy tahlil qilinadi. Ikkala
asar ham XIX asr realizmining yuksak namunasi sifatida, insoniy
munosabatlar, jamiyat va shaxs oʻrtasidagi murakkab aloqalarni badiiy
tarzda yoritib beradi. “Middlemarch” romanida ingliz jamiyatining
ijtimoiy-siyosiy hayoti, turli tabaqa vakillarining orzu-intilishlari hamda
maʼnaviy izlanishlari koʻrsatilsa, “Anna Karenina” asarida rus jamiyatidagi
axloqiy qadriyatlar, oilaviy munosabatlar va muhabbatning fojiaviy
oqibatlari tasvirlanadi. Shunga qaramay, har ikkala roman ham ayol obrazi
orqali jamiyatdagi cheklovlarni ochib beradi: Doroti va Anna timsollari oʻz
davri ayollari erkinligining cheklanishini ifodalaydi. Farqli jihat shundaki,
Eliot ijtimoiy islohot va maʼrifatparvarlik ruhiga urgʻu berar ekan, Tolstoy
insoniy ehtiroslar va axloqiy masʼuliyat toʻqnashuvini markazga qoʻyadi.
Maqolada ushbu oʻxshash va farqli jihatlar tahlil qilinib, romanning
universal gʻoyalari hamda milliy xususiyatlari ochib beriladi. Ushbu ikki
realizm yoʻnalishida yozilgan asarlar bir zamon va turli makonda yozilgan
boʻlsa-da, bir qancha oʻxshash voqea hodisalar va qahramonlarga egadir.
Asosan, romanlardagi jamiyat qonun - qoidalari, shaxsiy va ruhiy
psixologik kechinmalar, ayollar obrazlaridagi farqli va oʻxshashliklar
ifodalangan.