KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

BOLALAR ADABIYOTIDA XALQ ERTAKLARI FUNKSIYALARINING OʻRNI

Authors: Xamroqulova Xurshida Quvvatovna

Published: Noyabr 26, 2025 • Vol. 25 Issue 8 • Views: 26

Mazkur maqola xalq ertaklari bajargan funksiyalarning

bolalar adabiyotida tutgan oʻrni, bolalar maʼnaviy kamoloti, yaʼni

ular tafakkuri, ijodiy rivojlanishi, lugʻat boyligining oshishi, yozma

va ogʻzaki savodxonlik, bolalarda shakllanadigan madaniy

muloqotga taʼsirining ilmiy-nazariy tadqiqiga bagʻishlangan. Xalq

ertaklarining millat maʼnaviyatiga koʻrsatgan jiddiy taʼsiri, avvalo,

uning bajaradigan qator vazifalari bilan bogʻliq. Bu vazifalarning

har biri bola estetik didi va maʼnaviyati, tafakkuri va tasavvur

olamini boyitishga, rivojlantirishga ayricha taʼsir koʻrsatadi.

Ertklarning didaktik, psixologik, ijtimoiy, evristik, badiiy bashorat,

estetik, gedonistik, gender tengligini amalga oshirish,

kommunikativlik kabi qator vazifalari bolaning shaxs sifatida

shakllanishiga taʼsir koʻrsatish barobarida uni madaniy muloqotga

oʻrgatadi. Bu esa bolaning madaniyatli shaxs sifatida qaror

toptiriadi.

Xalq ertaklari millatning maʼnaviy mulki sifatida asrlar

davomida bolalarning va kattalarning tasavvur doirasini

kengaytirib, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va axloqiy qadriyatlarni

shakllantirishda ijobiy taʼsir koʻrsatib kelgan. xalq ertaklaribola

xayolot dunyosini kengaytirishga, ularda ijodkorlik qobiliyatini

oshirishga, jamiyat voqea-hodisalariga faol munosabat

bildirishdagi oʻziga xoslikka ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bu esa

ertaklarning bola tafakkuri va ijodiy rivojlanishini qoʻllab-

quvvatlashda jiddiy ahamiyat kasb etayotganini bildiradi.