BADIIY ADABIYOTDA LAKONIZMNING NAMOYON BOʻLISHI
Authors: Zokirova Barchinoy Maxmud qizi
Published: Noyabr 26, 2025 • Vol. 14 Issue 8 • Views: 31
Ushbu maqola nutqda va badiiy adabiyotda fikrlarni qisqa va
ixcham qilish sanʼati boʻlgan lakonizmning amaliyotda namoyon
boʻlishini tadqiq qiladi. Ushbu uslub qadim tarixga ega boʻlib,
jumlalarning qisqa, loʻnda va sermazmun boʻlishini taʼminlagan.
Xususan, bu uslubning tilshunoslik va adabiyotshunoslikdagi oʻrni va
ahamiyati toʻgʻrisida fikr yuritiladi va qiyosiy tahlil qilinadi.
Lakonizmning nazariy asoslari va uslubiy tamoyillari va alohida
xususiyatlari koʻrib chiqiladi. Lakonik uslub nafaqat badiiy adabiyotda,
balki lingvistikada ham koʻpgina olimlar tomonidan oʻrganilganligi va
misollar bilan toʻldirilganligi fikrimiz dalilidir. Yuqorida keltirilgan
maʼlumotlarga tayangan holda aytishimiz mumkinki, “qisqalik” yoinki
“lakonizm” atamasi nafaqat adabiyotshunoslik, balki tilshunoslik
sohasida ham keng tarzda qoʻllanilgan va hattoki maʼlum bir
tadqiqotning obyekti sifatida ham oʻrganilishi mumkin ekanligi
tadqiqot davomida ilmiy asoslangan holda yoritib berilgan. Shu bilan
birga tadqiqot jarayonida lakonik uslubning badiiy adabiyotda qay
holatda namoyon boʻlishi, qaysi janrlarning yaratilishida maʼlum
darajadagi unsur vazifasini bajarishi va qaysi uslublar uchun vositachi
boʻlib xizmat qilishi aytib oʻtiladi. Lakonik uslubning “minimalizm”,
“Aysber nazariyasi”, ellipsis, kompressiya hodisasi kabi atamalar bilan
oʻzaro aloqasi va oʻxshashliklari qiyosiy tahlil qilinadi. Bundan
tashqari badiiy adabiyotda lakonik uslub uchun qulay va munosib
boʻlgan janrlar ketma-ketligi koʻrib chiqiladi. Tadqiqot jarayonida
qiyosiy-tipologik va kontekstual tahlil usullaridan foydalanilgan.