INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA YIRTQICH VA JUFTTUYOQLI YOVVOYI HAYVON NOMLARI OMONIMIYASI
Authors: Khidirova Makhfuza Amirkulovna
Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 16 Issue 7 • Views: 28
Maqolada ingliz tili va oʻzbek tillaridagi sutemizuvchi
hayvon nomlarida (yirtqichlar va jufttuyoqlilar turkumlariga oid jami
ikkita tilda 220 ta nom misolida) omonimiya hodisasining lingvistik
xususiyatlarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqot maqsadi
mazkur leksik qatlamda omonimiyaning tarqalish darajasini aniqlash,
uning asosiy turlarini jumladan, toʻliq omonimlar, omofonlar,
omograflar, kapitonimlar boʻyicha klassifikatsiya qilish va chastota
taqsimotini oʻrganishdir.
Tadqiqotda adabiyotlar sharhi, tavsifiy-analitik metod, leksik-
semantik tahlil, tasniflash va miqdoriy tahlil metodlaridan
foydalanildi. Tahlil natijalari shuni koʻrsatdiki, oʻrganilgan
korpusdagi ingliz tilidagi hayvon nomlarining taxminan 30 tasi
omonimik xususiyatga ega, oʻzbek tilida esa aynan shu ikki turkum
boʻyicha omonimik holat topilmadi. Aniqlangan omonimik hodisalar
orasida toʻliq omonimlar va omofonlar eng keng tarqalgan turlar
boʻlib, kapitonimlar ham sezilarli ulushni egallaydi. Tadqiqotda
zoologik terminologiya va umumiy leksika oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni,
metafora va madaniy omillarning omonimiya paydo boʻlishidagi
rolini ochib berilgan.