KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

“YOSH” TUSHUNCHASINING LINGVISTIK TAHLILI: BIOLOGIK, IJTIMOIY VA MADANIY OMILLAR

Authors: Akhrorova Ruzikhon Usmanovna

Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 13 Issue 7 • Views: 29

Ushbu maqola “yosh” tushunchasining lingvistik tahliliga

bag‘ishlangan bo‘lib, biologik, ijtimoiy va madaniy omillar

kontekstida uning ko‘p qirrali mazmuni ochib beriladi. Yosh

davrlarini belgilashda nafaqat biologik parametrlar, balki

jamiyatning ijtimoiy tuzilmalari va madaniy qarashlari ham muhim

ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Maqolada yoshga oid lingvistik

stereotiplar, ularning turli milliy tillarda ifodalanishi, yosh guruhlari

haqidagi madaniy tasavvurlar va ijtimoiy munosabatlar tahlil

qilinadi. Shuningdek, yosh tushunchasining leksikografik va

diskursiv manbalardagi ifodalanishi, turli tarixiy davr va

madaniyatlarda yoshga nisbatan qarashlarning o‘zgarishi ham ko‘rib

chiqiladi. Tadqiqot lingvistika, sotsiologiya va psixologiya kabi

fanlar integratsiyasi asosida olib borilib, yosh kategoriyasining til

tizimidagi aks etishi, ma’nodagi ijtimoiy-konnotativ qatlamlar va

semiotik jihatlar yoritiladi.

Muallif yosh guruhlari haqidagi milliy-madaniy qarashlar,

ularning lingvistik nomlanishi, baholovchi ifodalar, metaforalar va

frazeologik birliklarning semantik xususiyatlarini tadqiq etadi.

Shuningdek, maqolada yoshga doir stereotiplar turli madaniyatlarda

qanday shakllanadi, ijtimoiy til normalarida qanday ifodalanadi va

bu jarayonda tilning qanday ideologik rol o‘ynashi masalalari

yoritiladi. Leksikografik, paremiologik, diskursiv va sotsiolingvistik

manbalar asosida yosh kategoriyasining ijtimoiy, madaniy va

semiotik qatlamlari tahlil qilinib, “yosh” tushunchasining milliy-

lisoniy manzaradagi estetik, assotsiativ va identitetga oid

funksiyalari ochib beriladi.