HUJJATLI RОMANLARDAGI TARIXIY SHAXSLAR SIYMОSI VA MUALLIF MAQSADI
Authors: Dadaboev Olimjon Ortiqovich
Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 15 Issue 7 • Views: 25
Maqolada hujjatli roman janrida yaratilgan asarlarda tarixiy
shaxs – Amir Temur siymosining tasviri muallif maqsadi va estetik
pozitsiyasi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy
maqsadi tarixiy-badiiy matnlarda muallifning tanlov mezonlari,
tarixiy manbalarga munosabati va siyosiy-ideologik pozitsiyasining
tarixiy shaxs obrazini shakllantirishdagi rolini aniqlashdir. Muammo
sifatida esa turli yozuvchilarning Amir Temur haqidagi tasavvurlari
va talqinlaridagi tafovutlar, ularning tarixiy haqiqatni qay darajada
xolis aks ettirgani muhokama qilinadi. Metodologik asos sifatida
qiyosiy-tipologik tahlil, badiiy-huquqiy manba tahlili va kontekstual
yondashuvlar qoʻllaniladi. Qiyosiy tahlil uchun Jastin Marotsining
“Tamerlane: Sword of Islam, conqueror of the world” (Amir Temur:
Islom qilichi, jahon fotihi) nomli hujjatli romani va Pirimqul
Qodirovning “Amir Temur siymosi” romani tanlangan. Tahlil
natijasida aniqlanishicha, hujjatli romanlarda tarixiy shaxs obrazining
shakllanishi mualliflik pozitsiyasi, tarixiy manbalarni tanlash
mezonlari hamda siyosiy-madaniy kontekstga chambarchas bogʻliq.
Maqolada shuningdek, tarixiy romanlarda real voqealar aks
ettirilishida mualliflarning tarixiylik va badiiylik oʻrtasidagi
muvozanatni qanday saqlaganiga baho beriladi. Xulosa oʻrnida,
tarixiy shaxs obrazining adekvat talqini uchun badiiy matnda tarixiy
haqiqat va estetik talqin uygʻunligi zarurligi taʼkidlanadi.