KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

KOREYS TILINI O‘QITISHDA O‘QISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDAGI FILOLOGIK JIHATLAR

Authors: Kamarova Maftuna Umar qizi

Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 11 Issue 47 • Views: 30

Ushbu maqolada koreys tilini o‘qitish jarayonida o‘qish

kompetensiyasining filologik jihatlari chuqur tahlil qilingan.

O‘qish kompetensiyasi nafaqat texnik jihatdan to‘g‘ri va tez o‘qish

malakasini, balki matn mazmunini anglash, undagi

lingvokulturologik birliklarni talqin qilish hamda turli

kommunikativ vaziyatlarda to‘g‘ri qo‘llay bilish ko‘nikmalarini

ham o‘z ichiga olishi ta’kidlangan. Shuningdek, koreys tilini

o‘rganayotgan o‘zbek talabalarida Hanja (한자어) kelib chiqishli

leksik birliklarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar, idiomatik

ifodalar va onomatopoeik vositalarni anglashdagi murakkabliklar,

matnning kompozitsion va struktural xususiyatlarini tushunishdagi

muammolar aniqlangan. Maqolada, xususan, turli janrlardagi

matnlarni filologik nuqtai nazardan semantik, kontekstual va

lingvokulturologik jihatdan tahlil qilish zarurligi ilmiy asoslab

berilgan. Bunday yondashuv o‘quvchilarda nafaqat matnni

so‘zma-so‘z tushunish, balki uning ortidagi madaniy, tarixiy va

ijtimoiy konnotatsiyalarni ham anglab yetish malakasini

shakllantiradi. Shu bilan birga, koreys tilidagi autentik matnlar

ustida ishlash orqali talabalarda matnni tanqidiy o‘qish, asosiy

g‘oyani ajratib olish, turli ma’no qatlamlarini qiyoslash hamda

ularni o‘zbek tilidagi nutqiy vaziyatlarga moslashtirish

ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Natijada, maqola koreys tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda

filologik yondashuvning ahamiyatini yoritib beradi va bu

jarayonda lingvokulturologik omillarni hisobga olish zarur

ekanini asoslaydi.