KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

SHAYBONIYLAR DAVRI QOʻLYOZMA SANʼATINI OʻRGANISHDA FRANSIS RICHARDNING KONTEKSTUAL METODOLOGIYASI

Authors: Nasirdinova Yorkinoy Abdumuxtarovna

Published: Oktabr 27, 2025 • Vol. 16 Issue 7 • Views: 32

Ushbu maqolada Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida

Markaziy Osiyoda rivojlangan qoʻlyozma kitob sanʼatini oʻrganishga

doir fransuz sharqshunosi Fransis Richard tomonidan qoʻllangan

tadqiqot metodologiyasi tahlil etiladi. Muallifning „Le Siècle des

Shibanides“ nomli fundamental monografiyasi asosida uning

qoʻlyozma kitoblarni tarixiy, madaniy va siyosiy kontekstda

oʻrganishdagi yondashuvlari, shuningdek, qoʻlyozmalardagi xattotlik

va miniatyura sanʼatiga bergan estetik hamda semiotik talqinlari

oʻziga xos tahliliy asosda koʻrib chiqiladi. Richard tadqiqotlarida

qoʻlyozma materiallarini faqat badiiy obyekt sifatida emas, balki

ijtimoiy-siyosiy kontekstda yaratilgan madaniy artefakt sifatida

baholaydi.

Shuningdek, maqolada Richardning yondashuvi qiyosiy

adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega

ekani koʻrsatib oʻtiladi. Chunki u qoʻlyozmalarni boshqa

madaniyatlar, jumladan, Eron, Hindiston va Usmonlilar davridagi

kitob sanʼati bilan qiyosiy tahlil qiladi. Bu esa Shayboniylar

davrining badiiy merosini xalqaro miqyosda tadqiq qilishga imkon

beradi. Mazkur yondashuv Markaziy Osiyo qoʻlyozma madaniyati

tarixini yangicha ilmiy konseptual asosda qayta koʻrib chiqishga

xizmat qiladi va bu davr sanʼatini faqat estetik emas, balki ideologik

va sotsial kontekstda ham chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi.

Maqola yakunida Fransis Richardning tadqiqotlari qoʻlyozma

sanʼati, adabiy meros va madaniy homiylik tizimlari oʻrtasidagi

murakkab munosabatlarni ochib berishdagi ilmiy ahamiyati

yoritiladi. Shu bilan birga, uning yondashuvi qiyosiy

adabiyotshunoslik, sanʼatshunoslik va tarixiy manbashunoslik

sohalarida samarali qoʻllanishi mumkinligi alohida taʼkidlanadi.