KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

OʻZBEK ADABIYOTIDA MEMUAR JANRINING TAKOMIL TARIXI

Authors: Muhammadzokirova Mohinur Muhtorjon qizi

Published: May 24, 2025 • Vol. 18 Issue 6 • Views: 54

Memuar soʻzi fransuzcha “xotiralar”, “esdaliklar” degan maʼnolarni bildirib, turli manbalarda turlicha nomlar bilan uchratish mumkin: memuarlar, xotiralar, esdaliklar, eslatmalar kabi. Memuarlarning asosiy vazifasi muallifning xotiralari yoki biron bir tarixiy hujjatlar asosida oʻtmish voqealarini aks ettirishdir. Mazkur janr naʼmunalarining badiiyligi masalasi uzoq yillar davomida adabiyotshunoslar tomonidan muhokama qilinib, badiiy va tarixiy jihatlari uygʻunligi masalasida izlanishlar olib borilgan. Bu masala ayniqsa, Vissarion Belinskiy tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan boʻlib, u memuarlarni, nafaqat, tarixiy hujjatlar toʻplami emas, balki inson ruhiy kechinmalari va davrning ijtimoiy muhitini badiiy ifodalash vositasi sifatida qaragan. Keyinchalik, uning anʼanalarini davom ettirgan adabiyotshunos olimlar tomonidan, memuar janrining oʻziga xosligi masalasi yanada chuqurroq tahlil qilingan. Ushbu maqolada memuar janrining oʻziga xos xususiyatlari shartli ravishda belgilab olinadi va ularning avtobiografik asarlar, hujjatli-tarixiy ocherklar va kundaliklardan farq qiluvchi jihatlariga alohida toʻxtalib oʻtiladi. Shuningdek, memuar janrida yaratilgan asarlarni ham oʻz navbatida, bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlari asosida guruhlarga ajratilib tasniflanadi.