KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

YOZUVCHI VA DRAMATURG ALP JAMOL IJODIYOTI

Authors: Rasulmuxamedova Dilfuza Zokirovna

Published: May 24, 2025 • Vol. 13 Issue 6 • Views: 28

Ushbu maqolada Alp Jamolning ijodiy faoliyati va dramaturgiya janriga qoʻshgan hissasi chuqur tahlil qilinadi. Uning hayot yoʻli, asarlarining badiiy xususiyatlari, milliy adabiyotga taʼsiri va hajviy hikoyalarining oʻziga xosligi haqida batafsil maʼlumot berilgan. Alp Jamol ijodi oʻzbek adabiyoti, dramaturgiyasi va telejurnalistikasida muhim oʻrin egallaydi. Adib tomonidan yozilgan “Toshteshar”, “Jafoga vafo”, “Quvgʻin”, “Toʻydagi tugun”, “Mehribonlar”, “Gʻizgʻizon” kabi asarlar sahnada namoyish etilgan va teatr hamda televideniyadagi hajviy spektakllarning rivojlanishiga ulkan hissa qoʻshgan. Maqolada adib asarlarining jamiyatga taʼsiri, obraz yaratish mahorati hamda adabiy tahlil asosida baholangan. Shuningdek, adibning adabiyotshunoslikka qoʻshgan hissasi, u haqidagi ilmiy tadqiqotlar ham koʻrib chiqiladi.