KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

ZAMONAVIY YAPON ADABIYOTIDA EGO-ROMAN JANRINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI

Authors: Petrosyan Naira Romanovna

Published: May 24, 2025 • Vol. 14 Issue 6 • Views: 31

Ushbu maqolada yapon adabiyotida mustaqil janr sifatida shakllangan “ego-romani”ning kelib chiqishi, rivojlanishi va adabiy ahamiyati oʻrganiladi. XX asrning boshlarida paydo boʻlgan “ego-romani” shaxsiy va iqroriy adabiy shakl boʻlib, avtobiografik elementlar, psixologik introspeksiya va oʻzlikni anglashga urgʻu beradi. Dastlab haddan tashqari realizm va badiiy masofaning yoʻqligi uchun tanqid qilingan bu janr astasekin adabiy eʼtirofga sazovor boʻlib, zamonaviy yapon adabiyotining markaziy qismiga aylandi. Ilk “ego-romanlari” muallifning hayotiy tajribalarining aniq tasviriga qaratilgan boʻlsa-da, vaqt oʻtishi bilan identiklik, ekzistensial muammolar va ijtimoiy yakkalanish mavzulariga chuqur kirib bordi. Ushbu tadqiqot janrning turli davrlarda oʻzgarishini tahlil qilish uchun qiyosiy adabiy va tarixiy yondashuvdan foydalanadi. XX asrning oʻrtalariga kelib, “ego-romani” muhim yoʻnalishga aylangan boʻlib, zamonaviy yozuvchilarga ilhom bagʻishlab, yapon adabiyotidagi narrativ hikoya uslublarni shakllantirdi. Natijada, “ego-romani” shaxsiy o‘ziga xoslik, individual kurashlar va jamiyat kutuvlari murakkabliklarini oʻrganish uchun kuchli vosita boʻlib, jahon adabiyotiga katta hissa qoʻshadi.