INGLIZ ADABIYOTIDA ANIMALISTIKA JANRI GENEZISI VA UNING TADRIJIY TAKOMILI
Authors: Yuldosheva Zulfizar Sobir qizi
Published: May 24, 2025 • Vol. 13 Issue 6 • Views: 29
Ushbu maqola animalistika janri tarixi, uning rivojlanish bosqichlari, badiiy adabiyotda hayvonlar obrazlari, insonlar va hayvonlar oʻrtasidagi munosabatlarni adabiyotda ramziy aks etishi hamda tarixiy asoslariga bagʻishlangan. Maqolada hayvonlar tasviriga asoslangan animalistika janrining badiiy adabiyotda faqat tabiiy dunyoning bir qismi sifatida emas, balki insoniy muammolarni aks ettiruvchi, ijtimoiy tanqid uchun qulay vosita sifatida qaralishiga ilmiy-nazariy munosabat bildirilgan. Animalistika janrida ijod qilgan ingliz adiblari Jonatan Svift, Villiam Rosko, Charlz Dikkens, Levis Keroll, E.Lirr, Charles H.Karpenter, Maykl Morpurgolarning animalistika janrida yozgan asarlarini oʻziga xos xususiyatlarini tahlil qilish maqsad qilingan. Badiiy adabiyotda hayvonlar obrazining insoniy xarakterlari va ijtimoiy muammolarni aks ettirishdagi roli, shuningdek, hayvonlarning simvolik maʼnolarini oʻrganish masalalari ham yoritilgan. Shuningdek maqolada ingliz adabiyotida hayvonlar tasvirining kengayishi va uning oʻziga xos uslublari tahlili qiyosiy, madaniy-tarixiy tahlil usullaridan foydalanilgan. Ingliz adabiyotida animalistika janrining elementlari, hayvonlar va insonlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni tasvirlash va uning tadrijiy takomilini tadqiq qilish, hamda janrning ilmiy-nazariy mohiyatini oʻrganishdan iborat.