JAHON ADABIYOTIDA QISQA HIKOYA JANRINING TADRIJIY TAKOMILI
Authors: Davlatova Vazira Otabek qizi
Published: May 24, 2025 • Vol. 18 Issue 6 • Views: 30
Ushbu maqolada dunyodagi koʻplab kitobxonlarning eʼtiborini oʻziga jalb qilayotgan qisqa hikoya janri oʻrganilgan. Maqolaning asosiy maqsadi – qisqa hikoyaning dastlabki namunasidan tortib hozirgi kungacha boʻlgan hikoyalarning xususiyatlari va ularning rivojlanishdagi oʻzgarishlarini tahlil qilishdir. Bu maqsadga erishish uchun maqolada qisqa hikoya janrining jahon adabiyotidagi ahamiyatini nazariy jihatdan aniqlash vazifalar belgilangan. Bundan tashqari, qisqa hikoyaning tadrijiy takomili orqali ushbu janr vaqt oʻtishi bilan qanday rivojlanganlini ilmiy tadqiqotlar va jahon adabiyoti qisqa hikoya namulari orqali ochib berish hamda tarixiy sharoit, adabiy muhit va adabiy oqimlar, ijtimoiy-siyosiy qarashlar fonida qisqa hikoya janrining oʻziga xos qirralarini yoritiladi. Qisqa hikoyaning tadrijiy takomilini tahlil qilish uchun bu maqolada Qiyosiy tarixiy va sotsiologik tadqiqot tahlil metodlaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari - janr xususiyatlarini, atama va tushunchalarni (“short story” “qisqa hikoya”, short-short story janri “eng qisqa hikoya” janri kichik epik turga kiruvchi hikoya janridan alohida janr sifatida kiritilishi: oʻzbek adabiyotshunosligida “qisqa hikoya” janri, alohida janr sifatida qaralmagan”) kashf qilishini oʻz ichiga oladi. Qisqa hikoya janri kononlari va xarakterli xususiyatlarini oʻrganish adabiyotshunoslar tomonidan Jefri Choserning “Kenterberi hikoyalari”va Djovanni Bakachchoning “Dekameron”dan boshlab o‘rganilgan bo‘lsa, hozirgi kundagi zamonaviy qisqa hikoyalarida qoʻyiladigan janr talablaridan tortib, qisqa hikoyalarning asosiy mavzu motivigacha oʻz aksini topgan. Tahlilni chuqurlashtirish va boyitish uchun muallif Edgar Allen Po, Brender Metyuz, V.G.Belinskiy, D.Quronov, J.F.Guimaraes, Anton Chexov, R. Shapard va W. Penn kabi adabiyotshunoslar nazariyalariga murojaat qiladi, ularning qisqa hikoya toʻgʻrisida oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida qimmatli tushunchalarga tayanadi. Ushbu maqola qisqa hikoya janrining nafaqat oldingi davridagi hamda hozirgi zamonaviy adabiy badiiy madaniyatdagi ahamiyatini ochib beradi.