KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

NEMIS ADIBI M.PRAVDIN IJODIDA BOBUR MIRZO TALQINI

Authors: Tursunov Akmaljon Hamidjonovich

Published: May 24, 2025 • Vol. 11 Issue 6 • Views: 27

Mazkur maqolada nemis adibi M.Pravdinning “Yoʻqdan bor boʻlgan saltanat; buyuk moʻgʻullar” asarida Bobur Mirzo ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida fikr yuritiladi. Pravdin Germaniyada yerda ulgʻaydi, oʻqidi va ijod qildi. Keyinchalik u Londonga koʻchib ketadi. Bu yerda samarali ijod qiladi va oʻzining ajoyib romanlari, fantastik asarlarini yozadi. Adib 1965-yili “Yoʻqdan bunyod boʻlgan saltanat yoxud birinchi buyuk moʻgʻullar” (Das Reich aus dem Nichts, die ersten Grossmoguln) nomli asarini chop ettiradi. M.Pravdinning mazkur asari faktik materiallarga boyligi, keltirilgan manbalarning tarixiy haqiqatga mos kelishi va ayrim oʻrinlarda Bobur hayotiga tegishli boʻlgan yangi maʼlumotlar qayd etilgani bilan qimmatlidir. Asar boshdan-oxiriga qadar hikoya tarzida yozilgan boʻlib, unda Boburning sarguzashtlari; yosh shahzodaning taxtga oʻtirishi, yangi-yangi yurishlar hamda zafarlar ajoyib tarzda ifodalangan. Muallif asarda Boburning shaxsiyatiga oid xususiyatlarni, yaʼni uning metin irodasi, davlatni boshqarishi va oʻzi egallagan oʻlkalarda olib borgan obodonlashtirish ishlari, jumladan, yaratgan bogʻlari, barpo etgan binolari, qoʻshinda oʻrnatgan tartib-intizomi xususida qiziqarli maʼlumotlarni keltirgan.