KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

TASAVVUFSHUNOS INGLIZ OLIMLARI

Authors: Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna, Qoʻchqoraliyeva Xosiyatxon Iqboljon qizi

Published: May 24, 2025 • Vol. 11 Issue 6 • Views: 27

Ushbu maqolada tasavvufni oʻrgangan ingliz olimlarining ilmiy tadqiqotlari va xulosalarini tahlil qilish hamda ularning Gʻarb mamlakatlarida tasavvufga boʻlgan qiziqishning ortishiga koʻrsatgan taʼsirini tadqiq etilgan. Tasavvuf va tasavvuf adabiyoti asrlar davomida musulmon mamlakatlarida mavjud boʻlsa-da, oʻtgan asrda Gʻarb olimlarining ham eʼtiborini tortdi. Tasavvuf ilmiga koʻplab yevropalik va amerikalik tadqiqotchilar, ayniqsa, ingliz olimlari salmoqli hissa qoʻshdilar. Ular oʻzlarining bu sohadagi ilmiy maqolalari, tadqiqotlari va kitoblari orqali Gʻarb mamlakatlarida tasavvuf haqidagi tushunchalarni tarqatishda, tasavvufning tegishli gʻoyalarini rivojlantirishda muhim rol oʻynadilar. Ushbu maqolada Martin Lings, Devin DeUiz va Reynolds Nikolson kabi britaniyalik olimlarning tasavvuf haqidagi qarashlari, tadqiqotlari va ilmiy xizmatlari oʻrganiladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi mazkur olimlarning tasavvuf sohasiga qoʻshgan qimmatli hissasini atroflicha tahlil qilish va muhokama etishdan iboratdir.