BADIIY OLAM MANZARASIDA INDIVIDUAL OʻXSHATISHLAR TARJIMASINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
Authors: Sabirov Mahtumquli Ataboyevich
Published: May 24, 2025 • Vol. 14 Issue 6 • Views: 28
Mazkur maqolada badiiy olam tasvirida qoʻllaniladigan individual oʻxshatishlarning mazmun-mohiyati, ularni badiiy matnda qoʻllashning asosiy omillari hamda individual oʻxshatishlar tarjimasining lingvokulturologik xususiyatlari borasida soʻz yuritiladi. Individual oʻxshatishda obyektiv voqelik va u haqidagi tushunchalar borasidagi maʼlum maʼlumotlar va gʻoyalar yangi bilimlar bilan taqqoslash orqali toʻldiriladi. Obyektlarni bir-biri bilan qiyoslash hodisalarni tanib olish, yaxshiroq tushunish va aniqlashtirishga yordam beradi. Badiiy olam tasvirida qoʻllangan individual oʻxshatishlarni xorijiy tilga tarjima qilishda ularning oʻziga xos milliy-madaniy xususiyatlari, tarjimaning lingvokulturologik aspektlari, madaniyatni ifodalovchi til birliklarini tarjima matnida qayta ifodalash masalalariga jiddiy eʼtibor qaratishimiz lozim boʻladi. Olamning badiiy tasvirida oʻxshatish mavhumlikni aniqlik bilan ifodalash orqali olamni teranroq ifodalash maqsadida ham qoʻllanadi. Bunda turli ruhiy kechinmalar aniq obyekt yoki hodisalarga oʻxshatiladi. Oʻzbek tili badiiy olam tasvirida individual oʻxshatishlar asar qahramonlarining oʻy-fikrlarini, emtosional holatlarini, kayfiyatini, ruhiy holatini, tashqi qiyofasini ifodalashda keng qoʻllanadi. Individual oʻxshatishlar badiiy asarda qahramonning ham salbiy, ham ijobiy xislatlari, xarakterini yorqinroq ifodalashga xizmat qiladi. Ingliz badiiy olam tasvrida ham individual oʻxshatishlar insonning xarakteri, tashqi koʻrinishi, undagi emotsional holatlarni yorqin va tasirli qilib ifodalashga xizmat qiladi.