KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

ABDULLA QODIRIYNING “OʻTKAN KUNLAR” ROMANI INGLIZCHA TARJIMALARIDA REALIYALARNING IFODALANISHI

Authors: Tursunov Elmurod Umrzoqovich

Published: May 24, 2025 • Vol. 14 Issue 6 • Views: 33

Maqolada muayyan millat va xalq turmush tarzi, ijtimoiy sharoitlari va madaniyatiga xos ekvivalentsiz leksika, yaʼni realiyalarning ilmiy taʼrifi, ularni tasniflash muammolari, mazkur sohada tadqiqot olib borgan olimlar va mutaxassislar fikr-mulohazalari, ularni inglizchaga oʻgirishda yuzaga keladigan murakkabliklar hamda bu murakkabliklarni bartaraf etish usullari misollar yordamida ochiqlangan. Tadqiqot obyekti qilib, oʻzbek romannavisligi gultojisi sanalmish A. Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romani tanlab olingan boʻlib, unda istifoda etilgan muqobilsiz leksikalar, yaʼni realiyalar ilmiy taʼriflangan, tasniflangan hamda qiyoslash, aralash va korrelatsion tadqiqot usullari yordamida misollar asosida ingliz tiliga tarjima qilish boʻyicha ilmiy-nazariy xulosa va takliflar koʻrsatib berilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy va mamlakatimizda sohada izlanish olib borgan olimlar va mutaxassislarning ilmiy yondashuvlari va qarashlari tahlilga tortilgan. Buning natijasi oʻlaroq, muallifning badiiy tarjimada qoʻllanilgan turli realiyalarni inglizchaga oʻgirish boʻyicha ilmiy-nazariy takliflari keltirilgan hamda ekvivalentsiz leksikani tarjima matnida aks ettirishda ekvivalentlik va adekvatlikka erishish usullari ochiqlangan. Asarning I. Tuxtasinov, O. Moʻminov, A. Hamidovlar, K. Ermakova hamda M. Rizlar tomonidan ingliz tiliga amalga oshirilgan tarjimalari badiiy-uslubiy jihatdan tahlil qilinadi, badiiy tarjimada muqobilsiz leksikani bejirim va toʻlaqonli ifodalash tamoyillari lingvistik va tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan tekshirilib, tarjima variantlari qiyoslanadi va muallif tomonidan muqobil tarjima variant taklif etiladi.