INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA (BIRDAN BESHGACHA BOʻLGAN) NUMERATIVLI FRAZEOLOGIZMLARNING MILLIYETNIK XUSUSIYATLARI
Authors: Jurayev Ziyodbek Nurmamatovich
Published: May 24, 2025 • Vol. 15 Issue 6 • Views: 33
Dunyo tillarida shunday numerativlar mavjudki, ular frazeologik birliklar tarkibida oʻziga xos milliy, ijtimoiy-madaniy hamda kommunikativ-pragmatik maʼno tashiydi. Shuning uchun ham ularni turli lisoniy va nutqiy vaziyat va kontekstlarda qiyosiy tadqiq etish bugungi kun antroposentrik tilshunoslikning dolzarb, kam oʻrganilgan masalalaridan biridir. Aynan tilda, uning leksik va frazeologik fondida sotsiumlarning ichki va tashqi olam haqidagi tassavurlari, obrazlari, ularning interpretatsiyasi, ularga aks berilgan baho va munosabatlar millatning milliy xarakteri, mentaliteti aks etadi. Shuni taʼkidlash joizki, turli millat vakillari, hattoki turli ijtimoiy qatlamga mansub etnik guruhlar olam va uning qismlarini turlicha idrok etadilar, turlicha izohlaydilar va baholaydilar. Bu esa til va nutq birliklarida, jumladan, numerativli frazeologizmlar, maqol va matallar yordamida obyektivlashadi. Lisoniy ifoda vositalarining zotiy va zoxiriy mundarijasida kuzatiladigan tillararo farqli jihatlarini aniqlash, bunga sabab boʻluvchi lisoniy va nolisoniy omillarni koʻrsatib berish madaniyatlararo va tillararo interferentsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik borasida foydali nazariy va asliy bilimlarga ega boʻlish imkoniyatini beradi. Shu jihatdan ushbu maqolada numerativli frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini oʻrganish maqsad qilib qoʻyilgan.