O‘ZBEK VA NEMIS TILLARIDA SO‘Z VA TUSHUNCHA MA’NOSINING QIYOSIY TADQIQI
Authors: Jumaniyazov Atabay, Yusubova Chamangul Mamutjonovna
Published: May 24, 2025 • Vol. 18 Issue 6 • Views: 31
Mazkur maqolada oʻzbek va nemis tillarida soʻz maʼnosi va tushuncha borasida toʻxtalingan. Soʻzning moddiy jihatdan tovush va harflardan iboratliligi, yozma konkret shaklga ega ekanligi va maʼnaviy jihatdan tushuncha, maʼno, mazmun va zamir bilan bogʻliqligi, maʼnolarining oʻzgarishi kabi juda koʻp murakkab xususiyatlarni kashf va kasb etishi, soʻzning ilmiy tahliliga qiziquvchilarning til sohasi boʻyicha ixtisosligiga qarab turli tomondan tahlil qilinilishiga olib keldi va kelmoqda. Maqola davomida soʻz maʼnosi va tushuncha borasida oʻzbek va nemis tilshunoslarining fikrlari keltirilgan, tahlil qilingan. “maʼno” va “tushuncha” bir-biri bilan uzviy bogʻliq hodisalar boʻlib, ikkalasi ham muayyan soʻz orqali berilayotgan xabar yoki maʼlumotni bildiradi. Soʻz orqali berilgan maʼlumot yaʼni soʻzning maʼnosi toʻliq tushuniladi. “Maʼno” orqali anglashayotgan xabarni aniq va xususiyligi, “tushuncha” orqali esa maʼlumotni noaniq va umumiyligi bilan ajralib turadi. “Tushuncha” soʻz yoxud soʻz orqali nomlangan narsa va hodisa haqida toʻla bilimga ega emaslik, yoki umumiy (aniq va konkret boʻlmagan) tasavvur mushohadasini bildiradi.