INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDAGI SIMVOLLARNING SOTSIOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Authors: Xakimova Surayyo Iskandarovna
Published: May 24, 2025 • Vol. 15 Issue 6 • Views: 28
Ushbu maqolada simvollarning sotsiopragmatik jihatlarini, yaʼni simvollarning ijtimoiy kontekstda qanday maʼno kasb etishi va amaliy maqsadlarda qanday qoʻllanilishini tadqiq qilinadi. Sotsiopragmatika – til va kommunikatsiyaning ijtimoiy va madaniy omillar bilan bogʻliqligini oʻrganuvchi fan sifatida simvollarning kommunikativ vazifalarini chuqurroq tushunishga imkon beradi. Tadqiqotda simvollarning semantik, pragmatik va ijtimoiy xususiyatlari orqali ularning kommunikativ maqsadlari va madaniy-ijtimoiy taʼsiri ham tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqot “Ingliz va oʻzbek tillaridagi ramziy soʻzlarning sotsiopragmatik va lingvakulturologik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyamizda amalga oshirilgan nazariy va amaliy materiallar asosida shakllantirildi. Tadqiqot davomida ingliz va oʻzbek tillaridagi fitosimvollar, xususan, eman, chinor, lola, shamrok kabi oʻsimliklar yordamida ularning maʼnolarining oʻzgaruvchanligi, kontekstga bogʻliqligi va ijtimoiy guruhlar oʻrtasidagi oʻxshashliklari va farqlari kabi masalalar muhokama qilinadi. Bundan tashqari, tadqiqot fitosimvollarning madaniy va tarixiy qanday shakllanishi hamda ularning ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini ham ochib beradi. Tadqiqot natijalari jarayonini samarali tashkillashtirish va simvolik maʼnolarni tushunishning madaniy-tarixiy ahamiyatini muhimligini koʻrsatish maqsadida sotsiopragmatik, lingakulturlogik, etimologik va chogʻishtirma tahlil usullaridan foydalanilgan.