INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA DIPLOMATIK YOZISHMALARNING TURLARI VA VAZIFALARI
Authors: Rashidova Nargiza Normurod qizi
Published: May 24, 2025 • Vol. 16 Issue 6 • Views: 30
Ushbu maqolada diplomatiya sohasida qoʻllaniladigan yozishma va hujjat turlari, ularning bir-biridan farqlari hamda vazifalari haqida soʻz yuritiladi. Shu bilan bir qatorda diplomatik yozishmalarning oʻziga xos uslubi va strukturasi, ularning kichik guruhlarga boʻlinish omillari haqida turli fikr va qarashlar aks ettirilgan. Maqolada diplomatiya sohasida yuritiladigan turli yozishma va hujjat turlarini yirik hamda kichik guruhlarga boʻlishdagi turli olim hamda mutaxassislarning fikrlari jamlangan. Shu bilan bir qatorda, hujjat turidan kelib chiqib, ularning funksiyalari haqida ham nazariy qarashlar keltirilgan. Diplomatik hujjatlarning amalda bajaradigan funksiyalarini hisobga olib, undagi lingvistik xususiyatlar ham oʻzgarishini kuzatish mumkin. Ushbu maqolada diplomatik yozishmalarning leksiksemantik, funksional-uslubiy tomonlariga ham eʼtibor qaratilgan. Har qanday diplomatik yozishma oʻta muhim informatsion hujjat boʻlishi bilan birga, oʻzining maxsus strukturaviy tuzilishiga ham ega. Aynan shu tufayli ham, diplomatik hujjatlarni guruhlarga boʻlib oʻrganishni maqsadga muvofiq deb bildik hamda bu borada oʻzimizning fikr va qarashlarizmizni ushbu maqolamizda aks ettirdik.