KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

OʻZBEK VA INGLIZ TILLARIDA QOʻSHMA SOʻZ VA SOʻZ BIRIKMALARINING MAʼNO MUSHTARAKLASHUVI XUSUSIYATLARI

Authors: Jumaniyazov Atabay, Allaberganova Firuza Ibraximovna

Published: May 24, 2025 • Vol. 17 Issue 6 • Views: 28

Mazkur maqolada oʻzbek va ingliz tilshunosligida soʻz birikmalari va qoʻshma soʻzlarning taʼrifi haqida yangicha fikr-mulohazalar bildirilib, maʼno mushtaraklashuvi mohiyatiga ham falsafiy, ham lisoniy tomondan nisbat beriladi. Shuningdek, mazkur til birliklari komponentlarining sintaktik ergashish munosabatlariga atrofligicha toʻxtalinadi. Oʻzbek tilidagi qoʻshma soʻzlarning ingliz tilidagi muqobil variantlari bilan qiyoslanilib va ushbu tillararo maʼno mushtaraklashuvi nisbatini tahlil qilishga harakat qilinadi. Ulardagi maʼno variantdoshlikning xilmaxilligini, shakl va mazmun munosabatlarini tillarning tabiatiga xos xususiyatlari rang-barangligini nazarda tutgan holda ushbu til birliklari guruhlarga ajratib tasniflaniladi. Soʻz birikmalari dunyoning barcha tillarida tarixiy-tadrijiy ravishda maʼnolarida kechgan muayyan semantik oʻzgarishlar natijasida asta-sekin qoʻshma soʻzlarga aylanishgan. Soʻz birikmasi sifatida anglashilayotgan maʼno uchinchi bir narsa va hodisani atab ham koʻrsata boshlagan. Tarkibdagi ikki (va undan ortiq) soʻz oʻz maʼnolarini saqlagan (maʼno koʻchgan hollarda toʻla oʻzgarib) holda yangi bir predmetni nomlagan. Tillar yashar ekan tilning bu fenomenal hodisasi davom etaveradi. Tilning lugʻat tarkibini yanada boyitadi va soʻz birikmalari qoʻshma soʻzga aylanib barqarorlashadi. Binobarin, tildagi bunday voqeliklar tillar taraqqiyoti va rivojining anʼanasiga aylangan va til ifodasi oshishining ichki imkoniyatlaridan biridir.