ARAB TILIDAN OʻZBEK VA FRANSUZ TILLARIGA OʻZLASHGAN SOʻZLARNING QIYOSIY ETIMOLOGIYASI XUSUSIDA
Authors: Nasirov Abduraxim Abdimutalipovich
Published: May 24, 2025 • Vol. 13 Issue 6 • Views: 47
Ushbu maqolada arab tilining oʻzbek tiliga turli tarixiy bosqichlarda boʻlgan taʼsiri keng tahlil qilinadi. Arab tilidan fransuz tiliga oʻzlashgan soʻzlar va ularning etimologiyasi xususida ham fikrlar yuritilgan. Arab tilidan kirib kelgan soʻzlarning ilk davrlarda asosan diniy va ilmiy kontekstlarda ishlatilganligi, keyinchalik esa kundalik tilga ham singib borishi koʻrsatib oʻtiladi. Xususan, islom dini tarqalishi bilan bogʻliq holda arab tilidan oʻzbek tiliga kirgan Qurʼon, hadis, fiqh atamalari va ilmiy terminologiya tahlil qilinadi. Maqola arabcha soʻzlarning oʻzbek va fransuz tillaridagi lingvistik va madaniy boylikni oshirishdagi rolini yoritishga qaratilgan.