KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

“IJODKOR SHAXS” OBRAZINI YARATISHDA JEK LONDON VA ABDULLA QAHHOR MAHORATI: UNIVERSALLIK VA OʻZIGA XOSLIK

Authors: Karimov Ulugʻbek Nusratovich

Published: May 24, 2025 • Vol. 19 Issue 6 • Views: 39

Maqolada ijodkor shaxs obrazini yaratishda ikki turli millatning oʻtkir qalam sohiblari Abdulla Qahhor hamda Jek Londonning yozuvchilik mahorati keng muhokama qilindi. Bunda Abdulla Qahhorning “Sarob” va Jek Londonning “Martin Iden” romanlari obyekt qilib olindi. Maqolaning asosiy maqsad va vazifasi, asarlari obyekt qilib olingan yozuvchilar Abdulla Qahhor va Jek Londonning ijodkor shaxs, yaʼni yozuvchi obrazini gavdalantirishdagi umumiy oʻxshashliklari, mutanosibliklarini tahlil etish bilan bir qatorda, adiblar tabiatidan, tajribasidan obrazlarga koʻchirilgan oʻziga xoslilik, individual mahorat chizgilarini oʻrganish, tahlil qilishdan iborat. Har ikki asar bosh qahramonlari Saidiy va Martin yozuvchi obrazida gavdalantirilgan boʻlib, unda adiblarning obraz yaratishdagi umumiylikni koʻrish mumkin, yaʼni mualliflar bosh qahramonlarini yolgʻizlikda, ochlikda, ogʻir turmush sharoitlarida haqiqiy insoniylik sinovidan oʻtkazadi. Xudbinona intilishlar shaxsni qanday fojiaviy ahvolga olib borishi mumkinligini real tasvirlarda koʻrsatadi. Shuningdek, bu xarakterlar yozuvchilarning bosib oʻtgan hayot yoʻli, tajribalari yaʼni biografik tamoyillari oʻlaroq individual ruhiyat bilan boyitilgan. Tahlil soʻngida ayon boʻladiki, individual tamoyillarga qaramay, yozuvchilarimiz asarlarida universal mavzular va tuygʻular: sevgi, insoniy munosabatlar, shaxsiy oʻsish, orzularga intilish va fidoyilik, jamiyatning ijobiy, salbiy tusi kabi mavzular yetakchi. Ushbu mavzular turli millatdagi oʻquvchilar bilan rezonanslashadi va bu asarni global auditoriya uchun ochiq va qulay qiladi