“HARRI POTTER” SERIYASINING INGLIZCHA VA O‘ZBEKCHA VERSIYALARIDAGI HAYRAT IFODALARINING QIYOSIY TAHLILI
Authors: Toshquvvatov Xayrulla Lutfulla o‘g‘li
Published: May 24, 2025 • Vol. 11 Issue 6 • Views: 30
Ushbu maqolada Harry Potter filmlarining inglizcha subtitrlarida qo‘llanilgan hayrat ifodalari o‘zbek tiliga qay tarzda tarjima qilingani tadqiq qilinadi. Tarjimada ushbu emotsional ifodalar o‘zining asl kuchi va funksiyasini saqlab qolishi yoki qolmasligi tadqiqot davomida tahliliy o‘rganiladi. Hayrat ifodalarining ko‘pincha lingvistik va madaniy o‘ziga xosligi ularning boshqa tilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalenti har doim ham topilmasligiga sabab bo‘ladi, bu esa tarjima jarayonida duch kelinadigan asosiy muammolardan biri sanaladi. Maqolada Harry Potter filmlarining subtitrlaridan olingan dialog parchalari sifatli diskursiv tahlil metodidan foydalangan holda taqqoslanadi. Ingliz tilida eng keng tarqalgan hayrat ifodalari hamda ularning o‘zbek tilidagi tarjimalari leksik va madaniy jihatlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida hayrat ifodalari ingliz tilida odatda qisqa va lo‘nda, ularning o‘zbekcha tarjimalarida esa iboralar va o‘zbek madaniyatiga xos bo‘lgan frazalar va ifodalanayotgan ma’no ko‘pincha kengaytirilgan holda qo‘llanishi aniqlandi. Shuningdek, tarjimada ifoda etilayotgan emotsiyaning asl tildagi ta’sirini yetkazish maqsadida so‘z qo‘shish yoki so‘z tushirib qoldirish usullari ham qo‘llaniladi. Xulosa o‘rnida, tadqiqot tarjimonlar hayrat ifodalarini samarali tarjima qilish uchun madaniy kontekstni chuqur tushunishi zarurligini hamda matnning asl mohiyatini saqlagan holda, ifodalarning tarjima qilinayotgan tilida tabiiy eshitilishini ta’minlashi lozimligini ta’kidlaydi.