YEVROPA VA OʻZBEK ADIBLARI ASARLARIDA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR OBRAZINING QIYOSIY TAHLILI
Authors: Anarkulova Zubayda Fayzullo qizi
Published: May 24, 2025 • Vol. 15 Issue 6 • Views: 28
Mazkur tadqiqot F.Vyurtlening “Andijon shahzodasi”, R.Godenning “Gulbadanbegim”, P.Qodirovning “Yulduzli tunlar”, X.Sultonovning “Boburiynoma” asarlarini qiyosiy tahliliga bagʻishlangan. Shuningdek, Yevropa va oʻzbek nasrida bu asarlar sujet qurilishi, badiiy kompozitsiyasi, shuningdek, ijtimoiy, siyosiy va axloqiy gʻoyalarining oʻxshashlik hamda farqlarini oʻrganish maqsadini koʻzda tutadi. Tadqiqotning maqsadi ushbu asarlarni qiyoslash orqali Yevropa va oʻzbek adabiyotlari oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni aniqlash, hamda badiiy obraz va ramziy tasvirlar orqali adiblarning qarashlarini tahlil qilishdir. Ushbu adiblar oʻz asarlarida Zahiriddin Muhammad Bobur siymosini yoritishda oʻsha davrning ijtimoiy va maʼnaviy masalalarini yuqori badiiy mahorat bilan ifodalashga erishgan. Tadqiqotda asarlarning qahramon tizimi, asar sujeti, badiiy uslub va mavzulari, obrazlarning oʻziga xos va umumiy jihatlari tahlil qilingan. Mazkur izlanish buyuk shoh va shoir Boburning badiiy merosini va hayot yoʻlini qiyosiy tahlil qilish orqali Bobur siymosining turli adabiy manbalar va tarixiy qarashlarda qanday talqin etilganini tadqiq etadi.