KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

ZAMONAVIY OʻZBEK VA NEMIS SHEʼRIYATIDA QUYOSH TIMSOLINING QIYOSIY-BADIIY TALQINI

Authors: Maʼdiyeva Adiba Dovudovna

Published: May 24, 2025 • Vol. 11 Issue 6 • Views: 42

Ushbu maqolada oʻzbek va nemis zamonaviy sheʼriyatida quyosh obrazining poetik talqini qiyosiy, badiiy, falsafiy tahlil asosida oʻrganiladi. Quyosh qadimdan insoniyat tafakkurida hayot, yorugʻlik, umid va ilohiy qudrat timsoli sifatida qaralgan. Mazkur obraz har bir milliy adabiyotda turli madaniy, estetik va ruhiy-falsafiy mezonlar asosida talqin etilgan. Oʻzbek sheʼriyatida quyosh hayot manbai, maʼnaviy uygʻonish, ijtimoiy qadriyatlar va milliy oʻzlik ramzi sifatida gavdalansa, nemis sheʼriyatida, u koʻproq falsafiy iztirob, shubha, ruhiy ziddiyat va ichki kechinmalarning badiiy koʻzgusi sifatida namoyon boʻladi. Maqolada Sirojiddin Sayyid, Iqbol Mirzo, Xosiyat Rustamova, Zebo Mirzo, shuningdek, Jan Vagner, Anja Kampmann va Monika Rink kabi shoirlar ijodi misolida quyosh obrazining poetik vazifasi, ramziy qirralari va badiiy-estetik funksiyasi tahlil qilinadi.